Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi Özbekistonda kambağallikni qisqartirişda davom etiş, iş örinlarini yaratiş, xususiy sektorni rivojlantiriş va mamlakat iqtisodiyotining strategik muhim tarmoqlarida raqobatni kuçaytirişga qaratilgan islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun imtiyozli kreditlar körinişidagi 800 mln dollarlik moliyaviy paketni ajratişni ma’qulladi.

Jahon banki tomonidan uşbu operatsiya doirasida qöllab-quvvatlanayotgan davlat siyosati çoralari kam ta’minlangan uy xöjaliklari uçun energiya tariflari oşirilişi oqibatlarini yumşatiş; ayollarni iş joyidagi tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş; aholining zaif qatlamlarining ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş; telekommunikatsiya, qişloq xöjaligi va energetika sohalarida raqobatni kuçaytiriş, şuningdek, Özbekistonning xalqaro savdosini kengaytirişga yönaltirilgan.

Yuqorida qayd etilgan islohotlarni amalga oşiriş uçun Jahon banki 800 mln dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratadi. Uşbu mablağlar hukumatga uzoq muddatli qaytariş şartlari asosida past foiz stavkasi bilan taqdim etiladi. Bunday kreditlaş şartlari xalqaro moliya bozorlaridagiga qaraganda ança foydaliroq. Bu orqali Özbekiston qarz böyiça xizmat körsatiş xarajatlarini qisqartirişi va tejalgan budjet mablağlarini ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etişga yönaltirişi mumkin böladi.

Jahon bankining qöllab-quvvatlaşi hukumatga turli strategik muhim sohalarda davlat siyosatining şoşilinç çoralarini amalga oşirişda yordam beradi, jumladan:

  • aholini ijtimoiy himoya qiliş: Elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti va gaz tariflarining ösganligini kompensatsiya qiliş uçun kam ta’minlangan oilalarga bir martalik yillik moddiy yordam pulini 270 ming sömdan 1 million sömga oşiriş;
  • ayollar uçun iqtisodiy imkoniyatlarni oşiriş: Ayollarni iş joyidagi jinsiy zöravonlik va tazyiqlardan himoya qilişga qaratilgan me’yoriy-huquqiy baza va mexanizmlarni rivojlantiriş. Iş beruvçilarga homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni işga qabul qilişni rad etiş, iş haqini kamaytiriş yoki işdan böşatişni taqiqlaş;
  • ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş: Akkreditatsiyadan ötgan xususiy va nodavlat yetkazib beruvçi taşkilotlar orqali aholining zaif qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar körsatiş bozorini rivojlantiriş uçun şaroitlar yaratiş;
  • davlat korxonalarini isloh qiliş: Davlat korxonalarini yanada samarali boşqariş va xususiylaştiriş uçun Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasini taşkil etiş. Keng polosali internet va mobil aloqa bozorlarida davlat kompaniyalarining ustunligini çeklaş maqsadida mustaqil telekommunikatsiya regulyatorini şakllantiriş, şuningdek, telekommunikatsiya sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş;