Forum doirasida imzolangan kelişuvlar qatorida A-380 “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yölining 581-673 km qismini rekonstruksiya qiliş, “Bir qişloq — bir mahsulot” loyihasini boşlaş, maktablarda suv, sanitariya-gigiyena holatini yaxşilaş va Özbekistonda “ESKO” bozorini rivojlantiriş kabilar bor.

2025 yilning 17-18 sentabr kunlari Namangan şahrida bölib ötgan “Kambağallikdan farovonlik sari” Özbekiston kambağallikni qisqartiriş III xalqaro forumi öz işini yakunladi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, forum doirasida qiymati 495 mln dollarlik 10 dan ortiq kelişuv va memorandumlar imzolandi.

Forum doirasida 12 ta panel sessiyalar taşkil etildi. Ularda Özbekistonda kambağallikni qisqartiriş borasida yiğilgan tajribalar yuzasidan fikr almaşildi hamda aholi farovonligini yanada oşiriş, inklyuziv iqtisodiy ösişni ta’minlaş, barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişga qaratilgan istiqboldagi rejalar va yangi taşabbuslarga e’tibor qaratildi.

“Özbekiston tajribasi şuni körsatadiki, kambağallik taqdir emas, uni dadil rahbarlik, intizomli ijro va innovatsion hamkorlik bilan yengiş mumkin. Islom taraqqiyot banki nomidan Özbekiston va barça a’zo davlatlarimiz bilan birga bu yöldan borişga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlayman”, - deya ta’kidladi Islom taraqqiyot banki guruhi raisi Muhammad Al-Jasser

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qanday kelişuvlarga erişildi?

Forum doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xalqaro hamkorlar tomonidan quyidagi muhim bitimlar tasdiqlandi:

  • “A-380 “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yölining 581-673 km (92 km) qismini rekonstruksiya qiliş” loyihasi böyiça bitim;
  • Özbekistonda “Bir qişloq — bir mahsulot” loyihasining dastlabki bosqiçini boşlaş yuzasidan bayonnoma;