Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev shu haftada WBA chempionligi kamari uchun jang qiladi
Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (7ta g‘alaba, 6ta nokaut) 30 yanvar kuni AQShning Nyu-York shahrida ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan amerikalik Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi chempionlik jangi o‘tkazadi.
Avvaliga bu jang 2019 yilning 13 sentyabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo 29 yoshli bokschi Deniel Roman yelkasidan jarohat olgani bahonasi bilan jangda ishtirok eta olmasligini bildirgan va majburiy kamar himoyasi uchun jang muddati shu tariqa ortga surilgandi. Ahmadaliyev esa boshqa raqibga qarshi reyting jangida ishtirok etgandi.
12 ranudlik jang Mayami shahrida (AQSh, Florida shtadi) bo‘lib o‘tadi.
Ahmadaliyev jangga taniqli murabbiy Joel Dias tayyorlamoqda.
Jang DAZN internet-platformasi orqali translatsiya qilinadi. O‘zbekistonlik boks ishqibozlari Sport TV orqali ushbu jangni 31 yanvar kuni soat 07:00dan boshlab jonli tomosha qilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026