Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy madaniy markazlarning yangi paviloni ochildi
29 iyul kuni Toshkentda O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlarning birlashgan yangi paviloni ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda qatnashganlar fikricha, bu turli millat vakillarining yagona bayroq ostida tinch-totuv yashab kelayotganining ifodasi.
Foto: Kun.uz
2021 yildan beri O‘zbekistonda 30 iyul sanasi “Xalqlar do‘stligi kuni” sifatida keng nishonlab kelinadi. Rasmiylarga ko‘ra, barcha millatlarning birligi, qardoshligi, o‘zaro yordam va xilma-xil madaniy merosga hurmatni ta’minlash uchun ham bunday bayramni nishonlash muhim.



Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya vakillari tinch-totuvlikda yashab kelmoqda. 29 iyul kuni milliy madaniy markazlarning yangi paviloni ochilarkan, unda so‘zga chiqqan hukumatning yuqori martabali vakillariga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy ozchiliklar huquqlari degan muammo bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Respublikada har bir millat vakilining huquqi teng.
Pavilonda har bir millat o‘z madaniyati va urf-odatlari, milliyligini aks ettirishga harakat qilgan.


Ochilish marosimida so‘zga chiqqan koreys milliy madaniy markazi rahbari Pak Viktorga ko‘ra, 1930 yilgi katta ko‘chirishdan keyin koreyslarni o‘z bag‘riga olgan o‘zbek xalqidan bugun hamma minnatdor.
Pavilonning yaralishi haqida so‘z borarkan, tashkilotchilarga ko‘ra, bu obekt millatlararo totuvlik, umummilliy hamjihatlik borasida O‘zbekistonning siyosatini ifodalaydi, o‘zaro madaniy almashinuv maydoni vazifasini ham bajarishi kerak.






Jurnalist: Shohrux Majidzoda
Operator-fotograf: BoburMirzo Anvarov
Mavzuga oid
16:29 / 15.05.2025
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?
09:00 / 06.01.2022
Xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlari soni ko‘paytiriladi
15:11 / 30.07.2019
O‘zbekistonga Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi paviloni ajratiladi
14:12 / 05.08.2017