Ostonadagi EKSPO-2017 xalqaro körgazmasida Özbekiston paviloni eng köp kişilar taşrif buyurgan joylardan biriga aylandi.

Bu haqda pavilon rahbari Muhammadhoji Ğapporov «Anadolu»ga xabar bergan. Ma'lum qilinişiça, körgazma oçilganidan beri özbek paviloniga Qozoğiston poytaxti va mehmonlaridan 250 ming nafari taşrif buyurgan.

Maydoni 1,3 ming kv. m. bölgan ikki qavatli pavilonda Özbekistonning muqobil energetika sohasidagi muvaffaqiyatlari, özbek olimlarining işlanmalari taqdim etilgan.

Ğapporovning eslatişiça, Ostonadagi körgazmaga taşrif buyuruvçilar elektromobillar hamda quyoşli batareyalardagi maşinalar, şuningdek, robotlar va ekouylar bilan tanişişi mumkin. Uning işonç bildirişiça, yaqin orada bunday loyihalar kişilarning har kunlik hayoti bir qismiga aylanadi.

Pavilon rahbarining ta'kidlaşiça, Özbekiston quyoş energetikasi salohiyati 51 mln tonna neft hajmi bilan barobar, şamol quvvati imkoniyatlari esa 360 mln tonna neftdan ortiqni taşkil etadi.

Uning sözlariga köra, Özbekiston iqtisodiyotining barça sohalarida, jumladan, avtomobil sanoatida ham quyoş energiyasidan foydalanilmoqda.

Ğapporov Özbekiston avtomobil sanoati imkoniyatlariga e'tibor qaratgan. «Har yili mamlakatimizda 200 ming avtomobil işlab çiqariladi. 2030 yilga kelib işlab çiqarilayotgan avtomobillarning taxminan 49 foizi yoqilğining muqobil turlarida işlaydigan böladi», - deya ta'kidlab ötdi u.

Fotojamlanma: “Ostona Ekspo-2017”: dunyoni kim nima bilan hayratga solmoqda?