Prezident 2019 yil 30 may kuni Urganç şahrida imzolangan hukumatlararo bitimni tasdiqladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
“Özbekiston Respublikasi körgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazi Moskva şahridagi Butunrossiya körgazma markazi hududidagi 66-pavilonda oçiladi.
 
1 478,5 kv. m ölçamli maydonça (Moskva şahri, Mir prosp., 119-uy, 66-bino) ramziy tölov – yiliga 1 Rossiya rubli evaziga 49 yilga ijaraga beriladi. Bitimni avtomatik ravişda uzaytiriş va, tegişinça, ijara munosabatlarini navbatdagi 49-yillik davrga xuddi şu şartlarda uzaytiriş nazarda tutilgan.
 
Obekt Özbekiston tomoniga berilgunga qadar uning içki qismi ta'mirlanadi va restavratsiya qilinadi. Taşqi qismini (fasad) joriy ta'mirlaş ijaraga oluvçi hisobidan amalga oşiriladi.
 
Moskva Hukumati va Toşkent şahar hokimligi bitim tomonlarining vakolatli organlari hisoblanadi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga xalqaro şartnoma kuçga kirişi uçun davlatimiz tomonidan zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilganligi va uni amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan vakolatli organ haqidagi tegişli bildirişnomani Rossiya tomoniga yuboriş topşirildi.
 
Mamlakatimizning majburiyatlari bajarilişi ustidan keyingi nazorat Vazirlar Mahkamasi va tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga zimmasiga yuklandi.
 
Hujjat 29.07.2019 yildan kuçga kirdi.