2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasiga köra, xorijda özbek milliy madaniy markazlari (jamiyatlari) sonini köpaytiriş hamda ular qoşida “Özbek tili va madaniyati” kurslari, “Özbek yakşanba maktablari”ni taşkil etişda kömaklaşiş möljallangan.
Şuningdek, mamlakatda yaşab, faoliyat yuritgan buyuk ajdodlar, özbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analari töğrisida özbek va çet tillarida mazmun jihatidan boy va ta’sirçan qisqa metrajli videoroliklar va boşqa körinişdagi axborot materiallarini tayyorlaş va xorijiy OAV, internet tarmoğida keng yoritiş közda tutilgan.
Bundan taşqari, xorijdagi vatandoşlar örtasida “Siz Özbekistonni bilasizmi?” hamda boşqa mavzularda onlayn viktorinalar taşkil etiladi.
Vatandoşlar istiqomat qilayotgan davlatlarda milliy bayramlar munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etişda kömak körsatiladi.







