O‘zbekiston | 16:02 / 17.07.2023
22476
2 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ulug‘murodov ishi: sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent viloyati apellatsiya instansiya sudi nashida tarqatganlikda ayblanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov ishi bo‘yicha birinchi bosqich sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

17 iyul kuni Toshkent viloyat sudida Jahongir Ulug‘murodov ishi bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi.

Sud jarayonlaridan qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Toshkent viloyat sudi JIB sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimi bilan birinchi instansiyasining chiqargan hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Ayblanuvchi va uning yaqinlarida ajrim ustidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest keltirish huquqi mavjud.

Ishda himoyachi sifatida qatnashayotgan advokat Abdumalik Abdullayev sudlov hay’ati o‘z ajrimi yuzasidan izoh berishni xohlamagani hamda sud zalini tezda tark etganini yozib qoldirdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining talabasi hisoblangan Jahongir Ulug‘murodov2023 yil yil 8 may kuni JIB Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan JK 244-1-moddasi 3 qismi “g” bandida nazarda tutilgan harakatni sodir etishda aybdor, deb topilgan. Unga JK 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi

Mavzuga oid