Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi elektr ta’minotini yaxshilashga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi
2023 yil yakuniga qadar Yuqori va O‘rta Chirchiq tumanlarida qurilayotgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasining birinchi bosqichi quvvatlari ishga tushiriladi.
Foto: Kun.uz
“Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi.
Toshkent shahrining qo‘shimcha elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun:
- “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi (100 MVt);
- “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” (Xitoy) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 700 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari (100 MVt) joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
- Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bo‘lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish;
- Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi4 ta podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali ularning o‘tkazish quvvatini 179 MVAga oshirish;
- jismonan eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtirish.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 3,5 trln so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltiriladi. Xususan, 566 mlrd so‘m “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zavtosanoat” AJning o‘z mablag‘lari, 199 mlrd so‘m “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning o‘z mablag‘lari hamda 2,7 trln so‘m “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jalb qiladigan tovar kreditlari.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026