Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston Islom akademiyasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Islom akademiyasi Prezidentning 2017 yil 15 dekabrdagi PQ-3433-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Bu haqda vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Akademiya O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi diniy va dunyoviy ta'lim beruvchi nodavlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasidir.
Ta'lim muassasasining asosiy maqsadlari:
respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta'minlash;
tayyorlanayotgan mutaxassislarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish;
qur'onshunoslik, tafsir va fikh, hadisshunoslik, kalom ilmi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni, yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashdir.
Akademiya O‘zbekistondan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning boy ilmiy merosini, islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan jahon allomalarining asarlarini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, din niqobi ostida harakat qilayotgan turli ekstremistik oqim va yo‘nalishlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi ilmiy raddiyalar tayyorlash va boshqa bir qator muhim vazifalar bilan ham shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 1 sentabrida Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasida davlat, jamoat va yoshlar tashkilotlari, diniy soha vakillari bilan uchrashuvida diniy ta'lim tizimini tahliliy o‘rganib chiqish va zamon talablari asosida takomillashtirish, yuqori ilmiy tayyorgarlikka ega mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Islom akademiyasini tuzish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi.
Mavzuga oid
13:54 / 22.12.2025
Investitsiya vositachilari uchun xizmatlar va cheklovlar belgilandi
21:44 / 16.12.2025
Tadbirkorlik sohasidagi 1600 dan ortiq ma’muriy talab bekor qilinadi
08:42 / 12.12.2025
Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi
10:48 / 25.11.2025