O‘zbekiston | 21:51 / 12.08.2024
78747
2 daqiqa o‘qiladi

Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi - prezident farmoni

1 sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshiriladi. 1 oktyabrdan e’tiboran esa budjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” farmon imzoladi.

2024 yil 1 sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilanadi.

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab:

  • budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga,
  • budjet tashkilotlari boshqa xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshiriladi;
  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanadi.

Mavzuga oid