Özbekiston prezidenti “Iş haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida” farmon imzoladi.
2024 yil 1 sentabrdan boşlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oşiriladi. Bunda:
- pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 söm;
- yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 söm;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 söm etib belgilanadi.
2024 yil 1 oktyabrdan boşlab:
- budjet taşkilotlarida işlovçi tibbiyot xodimlari, şuningdek, maktabgaça, umumta’lim, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari va taşkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida işlovçi pedagog xodimlarning iş haqi miqdori 15 foizga,
- budjet taşkilotlari boşqa xodimlarining iş haqi miqdori 10 foizga oşiriladi;
- mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 söm;
- bazaviy hisoblaş miqdori – 375 000 söm etib belgilanadi.

















