O‘zbekiston | 12:29 / 01.06.2019
24856
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxt hokimligi: «Yaqin orada Yangi Toshkentni qurish ishlari boshlanadi»

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning Erkin iqtisodiy zonalar va xorijiy investitsiyalar bosh boshqarmasi bosh direktori Ug‘ur Ozturk va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov poytaxtda keng miqyosda olib borilayotgan qurilish tadbirlari haqida ma'lumot berdi, deyiladi hokimlik xabarida.

“Xususan, yaqin orada Yangi Toshkentni qurish ishlari boshlanishini ma'lum qildi. Hozirda esa shahrimizda bir necha sity’larni barpo qilish loyihalari amalga oshirilayotganligini qayd etdi”, - deyiladi ma'lumotda.

Turkiyalik mehmonlar O‘zbekistonda mavjud salohiyat va imkoniyatlar, xususan, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyot, qulay investitsiya muhiti, tarixiy shaharlar va muqaddas qadamjolar ularda katta qiziqish uyg‘otayotganligini ma'lum qilishgan. Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga e'tibor qaratib, Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlarida ishtirok etish taklifini bildirishgan.

Bildirilishicha, uchrashuvda o‘zaro hamkorlikka oid masalalar ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga oid