O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
7093
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi

Iordaniya podshohining O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi. Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn prezident Shavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning “An-Nahda” ordeni bilan taqdirladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.

Tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

  • Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;
  • Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  • Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;
  • Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;

  • Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
  • din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;
  • Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Tashrif doirasida Iordaniya podshohi O‘zbekiston prezidentini Iordaniyaning “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan taqdirladi.

“Ushbu mukofotni ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning munosib e’tirofi, shuningdek, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va hurmat ifodasi sifatida katta mamnuniyat bilan qabul qilaman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid