Sobiq MXX binosi o‘rnida 22 qavatli mehmonxona quriladi
Toshkent markazidagi Sayilgoh ko‘chasida, sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining binosi o‘rnida 22 qavatli Radisson mehmonxonasi qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi. Avvalroq poytaxtda yangi qurilishlarni boshlashga moratoriy e’lon qilinishi aytilgandi.
Radisson mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MChJ bilan Toshkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Radisson Collection Hotel nomli yangi otel shahar markazida, Sayilgoh ko‘chasidagi (xalq tilida “Brodvei”) sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining bosh binosi o‘rnida joylashadi.
Bu yerda qurilajak mehmonxona kompleksi yaxlit me’moriy uslubga ega 4 ta binodan iborat bo‘lishi, asosiy va eng baland bino 22 qavat bo‘lib, unda 27 ming kv.m. maydonga ega Radisson Collection Hotel joylashishi kutilmoqda. Premium toifadagi otel mijozlarga 164 ta xona, xususan prezident lyuks xonalarini taklif etadi.
Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va ko‘p qavatli yerosti avtoturargohni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, “Metropol Group” sobiq MXX binosini 2021 yil iyulida 210 mlrd so‘m evaziga xususiylashtirib olgandi. Bu kompaniyaning 100 foizi ulushi o‘sha vaqtda ham, hozirda ham sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli ekani ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yangi qurilishlarga vaqtincha moratoriy kiritilishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
17:26 / 21.11.2024
Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi
15:44 / 21.11.2024