Ayrim yirik köçmas mulk obektlarini xususiylaştiriş jarayonlari böyiça Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi.

Unga köra, Toşkent şahri Sayilgoh köçasida joylaşgan sobiq MXX binosi böyiça 210,0 milliard söm sotib oliş narxi bilan «Metropol Group» MÇJ savdo ğolibi deb topildi.

Oçiq manbalarga köra, «Metropol Group» MÇJning ta'sisçisi – 100 foizlik uluş bilan Doniyor Abdulazizoviç Komilov hisoblanadi.

Doniyor Komilov – Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning farzandi.

«Metropol Group» MÇJ 2021 yil 23 fevralda röyxatdan ötgan.

Kompaniyaning faoliyat yönalişi sifatida tijorat va boşqaruv masalalari böyiça maslahat beriş faoliyati körsatilgan.

Doniyor Komilov Özbekistondagi «Metropol Group» MÇJdan taşqari, Rossiyadagi bir neçta korxonalarning ham ta'sisçisi hisoblanadi.

2016 yilda Moskvada röyxatdan ötgan, qimmatli qoğozlar sohasida faoliyat yurituvçi «Selena» MÇJ va moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yurituvçi «KTS» MÇJ şular jumlasidan.

Bundan taşqari, Doniyor Komilov 2010-2014 yillarda Gazprombankning «Upravlyayuşçaya kompaniya – Strategiçeskiye aktivy» YoAJ tuzilmasi rahbari bölgan. Şuningdek, 2015-2016 yillarda «Uralmaşzavod» direktorlar kengaşiga a'zo bölgan.

Doniyor Komilov ilmiy sohada ham faoliyat yuritadi. Xususan, 2012 yilda Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasiga a'zolik uçun «Rossiya Federatsiyasida ijtimoiy soha tarmoqlari rivojlanişining davlat tomonidan tartibga solinişi» mavzusida dissertatsiya yoqlagan, şuningdek iqtisodiyot sohasida bir qança monografiyalar çop etgan.

Ma'lumot uçun, 2018 yilda «Özbekkömir» AJ prezident qaroriga asosan Doniyor Komilovning biznes hamkori Nikolay Yemelyanov tomonidan taşkil etilgan Rossiya kompaniyasi – «ProgressGorTex» MÇJga işonçli boşqaruvga berilgandi