Radisson mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MÇJ bilan Toşkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona oçiş böyiça kelişuv imzoladi. Bu haqda Özbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Radisson Collection Hotel nomli yangi otel şahar markazida, Sayilgoh köçasidagi (xalq tilida “Brodvei”) sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining boş binosi örnida joylaşadi.
Bu yerda qurilajak mehmonxona kompleksi yaxlit me’moriy uslubga ega 4 ta binodan iborat bölişi, asosiy va eng baland bino 22 qavat bölib, unda 27 ming kv.m. maydonga ega Radisson Collection Hotel joylaşişi kutilmoqda. Premium toifadagi otel mijozlarga 164 ta xona, xususan prezident lyuks xonalarini taklif etadi.
Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va köp qavatli yerosti avtoturargohni öz içiga oladi.

Eslatib ötamiz, “Metropol Group” sobiq MXX binosini 2021 yil iyulida 210 mlrd söm evaziga xususiylaştirib olgandi. Bu kompaniyaning 100 foizi uluşi öşa vaqtda ham, hozirda ham sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilovga tegişli ekani körsatilgan.
Ma’lumot uçun, ötgan oyda prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida yangi qurilişlarga vaqtinça moratoriy kiritilişini ma’lum qilgan edi.













