Bosh prokuratura ayol kishining jasadi topilgan lift nosoz bo‘lganini ma’lum qildi. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi buni rad etdi
Shuningdek, ayolning o‘limi yuzasidan dastlabki xulosa ham ochiqlandi. Shifokorlarning tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, 32 yashar ayol yurakning ishemik kasalligi, o‘tkir yurak, qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tufayli vafot etgan.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy liftida ayol kishining jasadi topilgan edi. Pochtachi ayol 24 iyul kuni soat taxminan 14:50 larda ko‘p qavatli uyning liftiga kirib, qayta chiqmagan. U liftga kirgan vaqtda elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan va marhum liftda qamalib qolgan. Videokuzatuv kameralaridagi qaydlarda uning liftga kirgani aks etgan.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari tomonidan ichki ishlar idorasiga bedarak yo‘qolgani yuzasidan xabar berilgan. Shuningdek, rasmiy bayonotda ayolning jasadi Uzalert telegram-kanalida yozilganidek, 26 iyul kuni emas, balki oradan 3 kun o‘tib, ya’ni 27 iyulda topilgan.
Qayd etilishicha, shifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yurakning ishemik kasalligi, o‘tkir yurak, qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sabab deb ko‘rsatilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, tekshirish davomida ushbu lift bir necha kundan buyon ishlamayotgani, oldin ham ishlamay qolishi holatlari ko‘p marotaba bo‘lgani haqida muqimlar tomonidan tushuntirishlar berilgan.
“Jamoatchilikda ushbu voqea bo‘yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida mutaxassislar yordamida to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Liftda sodir bo‘lgan fojiaga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ham munosabat bildirgan.
Qo‘mitaning tezkor ma’lumotida elektr ta’minotidagi uzilishdan keyin to‘xtab qolgan lift ko‘zdan kechirilganda, qurilmaning xavfsizlik moslamalari ishchi holatdaligi yuzasidan birlamchi ko‘rik ishlari amalga oshirildi va ularning ishchi holatdaligi aniqlangani keltiriladi.
Fojia sodir bo‘lgan uy uy 2020 yilda Lotus Gaz Invest (2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, Real House brendiga egalik qiladi) tomonidan qurilgan. Lift o‘zi esa 2021 yilda Xitoyning Aoyama Elevator Global kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, yuk ko‘tarish quvvati 630 kg. Lift Arena Avto Trans Servis tomonidan o‘rnatilgan va 2022 yilda quruvchiga topshirilgan.
“Qurilish tashkiloti va uy-joy shirkatiga liftni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun inspeksiyaga murojaat qilmagan, ishga tushirilmagan”, – deyiladi xabarda.
Yo‘qolgan odamlarni topishga ko‘maklashuvchi ko‘ngillilarning guruhida yozilishicha, marhumning 6 yashar qizchasi bo‘lgan. Bola buvisining qaramog‘ida qolgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024