Toşkentning Mirzo Uluğbek tumani Parkent köçasida joylaşgan köp qavatli uy liftida ayol kişining jasadi topilgan edi. Poçtaçi ayol 24 iyul kuni soat taxminan 14:50 larda köp qavatli uyning liftiga kirib, qayta çiqmagan. U liftga kirgan vaqtda elektr ta’minotida uziliş kuzatilgan va marhum liftda qamalib qolgan. Videokuzatuv kameralaridagi qaydlarda uning liftga kirgani aks etgan.

Boş prokuraturaning xabar berişiça, 26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoşlari tomonidan içki işlar idorasiga bedarak yöqolgani yuzasidan xabar berilgan. Şuningdek, rasmiy bayonotda ayolning jasadi Uzalert telegram-kanalida yozilganidek, 26 iyul kuni emas, balki oradan 3 kun ötib, ya’ni 27 iyulda topilgan.

Qayd etilişiça, şifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasiga köra, marhumaning ölimiga yurakning işemik kasalligi, ötkir yurak, qon-tomir va nafas yetişmovçiligi sabab deb körsatilgan.

Boş prokuratura matbuot xizmatiga köra, tekşiriş davomida uşbu lift bir neça kundan buyon işlamayotgani, oldin ham işlamay qolişi holatlari köp marotaba bölgani haqida muqimlar tomonidan tuşuntirişlar berilgan.

“Jamoatçilikda uşbu voqea böyiça bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekşiruv davomida mutaxassislar yordamida töliq tekşirilib, qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Liftda sodir bölgan fojiaga Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi ham munosabat bildirgan.

Qömitaning tezkor ma’lumotida elektr ta’minotidagi uzilişdan keyin töxtab qolgan lift közdan keçirilganda, qurilmaning xavfsizlik moslamalari işçi holatdaligi yuzasidan birlamçi körik işlari amalga oşirildi va ularning işçi holatdaligi aniqlangani keltiriladi.

Fojia sodir bölgan uy uy 2020 yilda Lotus Gaz Invest (2005 yilda röyxatdan ötgan, Real House brendiga egalik qiladi) tomonidan qurilgan. Lift özi esa 2021 yilda Xitoyning Aoyama Elevator Global kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan, yuk kötariş quvvati 630 kg. Lift Arena Avto Trans Servis tomonidan örnatilgan va 2022 yilda quruvçiga topşirilgan.

“Quriliş taşkiloti va uy-joy şirkatiga liftni belgilangan tartibda röyxatdan ötkaziş uçun inspeksiyaga murojaat qilmagan, işga tuşirilmagan”, – deyiladi xabarda.