O‘zbekiston | 13:11 / 08.11.2022
16010
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i va uning sherigi ushlandi

Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i va uning sherigi Chiroqchida davlat dasturiga kiritilgan quduqni ishga tushirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan pul olganda ushlangan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.A. va Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Chiroqchi uchastkasi boshlig‘i S.A. fuqaro B.E.ga tanishlari orqali Chiroqchi tumanidagi “Ch.Ch.” fermer xo‘jaligi dala maydonidan davlat dasturiga kiritilgan quduqni qazib ishga tushirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 2 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Qashqadaryoda G‘uzor tumani hokimi yordamchisi 300 dollar olayotganda ushlangandi.

Mavzuga oid