Ijtimoiy tarmoqlarda Ğuzor tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamçisi bölib işlayotgan şaxs 300 dollar pora olganida huquqni himoya qiliş organlari tomonidan qölga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, 12 may kuni Ğuzor tumani “Jonbuloq” MFYda hokim yordamçisi bölib işlayotgan E.F. Qarşi tumanida yaşovçi fuqaroni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo filialiga feldşer lavozimiga işga kiritib qöyişini aytib, evaziga firibgarlik yöli bilan 300 dollar olgan vaqtda qölga olingan.

Hokimlik E.F.ning bu jinoyati uning hokim yordamçisi lavozimi bilan boğliq emasligini qayd etgan.

Hokimlik bunga sabab qilib, E.F. muqaddam viloyat Bandlik boşqarmasida bölim boşliği lavozimida işlagani, 2022 yil 12 yanvardan “Jonbuloq” MFYda hokim yordamçisi lavozimida iş boşlagani, u hokim yordamçisi lavozimiga işga qabul qilinişida faoliyat körsatib kelgan iş joyidan ijobiy tavsiflanganini keltirgan.

“Korrupsiya holatlarining oldini oliş maqsadida hokim yordamçilari faoliyati tuman hokimligi, sektor rahbarlari hamda mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş tuman markazi tomonidan doimiy nazorat qilib borilib, bu borada uçraşuv va tarğibot işlari ötkazilgan. Uçraşuvlar davomida hokim yordamçilaridan kafolat xatlari olinib, jarayonlar tegişli tartibda rasmiylaştirilgan. 

Şu bois, hokimlik E.F. tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatini oqlab bölmasligini ta’kidlaş bilan bir qatorda, uning mazkur jinoiy harakati “Jonbuloq” MFY hokim yordamçisi lavozimi bilan boğliq emasligini ma’lum qiladi”, deyiladi munosabatda.