Bosh vazir: Sergelidagi yangi uylar narxi qayta ko‘rib chiqiladi
11 aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumani hokimiyati binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Unda Sergeli tumanida qurilgan imtiyozli uylarning narxi va sifati yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Bosh vazir tomonidan tegishli mutasaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytirish hamda xonadonlar sifati bo‘yicha to‘liq qayta ko‘rib chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Ma'lum qilinishicha, bir oy muddatdan so‘ng Respublika komissiyasi xulosasi asosida qayta ko‘rib chiqilgan xonadon narxlari bo‘yicha ochiq va oshkora hisobot tayyorlanishi ma'lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 10 aprel kuni ham aholi va mutasaddilar uchrashuvi tashkil etilgandi.
Mavzuga oid
11:50 / 29.10.2019
O‘zbekistondagi beshta partiya bosh vazir lavozimiga kimlarni nomzod qilmoqchi?
09:49 / 10.09.2019
Bosh vazir qabulxonalari qoshida tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi
22:52 / 14.05.2019
O‘zbekistonda bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilmoqda
23:44 / 15.04.2019