25 oktabr kuni «Yuksaliş» umummilliy harakati tomonidan siyosiy partiyalar, OAV, blogerlar va jamoatçilik vakillari iştirokida davra suhbati ötkazilgan edi.
Aslini olganda, partiyalar iştirokidagi uşbu tadbir ham körib örganganimiz, odatdagi zerikarli tadbirlardan biri sifatida ötib ketişi mumkin edi: agar ÖzXDP raisining Taşkiliy-nazorat va kadrlar bilan işlaş masalalari böyiça örinbosari Uluğbek Vafoyev bir ma'lumotni oçiqlamaganida.
Ma'lum qilinişiça, hozirga kelib siyosiy partiyalar tomonidan saylovda köp ovoz töplangan taqdirda boş vazir lavozimiga kimni nomzod qiliş böyiça zaxira şakllantirilgan. Xalq demokratik partiyasi esa uşbu lavozimga boş vazir örinbosari, Transport vaziri Oçilboy Ramatov nomzodini ilgari surmoqçi.

Oçiğini aytiş kerak, saylovlar oldidan Özbekistondagi birorta siyosiy partiya bunday dadil bayonot berişi kamyob holat. Şu kabi bayonotlar ortidan partiyalarda va nihoyat nimalardir özgarayotgani sezilmoqda. Bu «nimalardir»ning aynan nimalar bölişini kuzatişda davom etamiz.
Kun.uz Xalq demokratik partiyasi tomonidan oçiqlangan ma'lumot ortidan qolgan törtta siyosiy partiya rahbarlari bilan ham boğlandi va ular bölajak saylovlarda köproq ovoz töplagan taqdirda boş vazir lavozimiga kimning nomzodini ilgari surişlari mumkinligi bilan qiziqdi.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi: «Ruslanbek Davletov va boşqalar»
Rais Narimon Umarovning aytişiça, partiya kengaşi uşbu lavozimga bir neça nomzodni tayyorlab qöygan. Hozirda Adliya vaziri lavozimida işlayotgan Ruslanbek Davletov partiyaning boş vazirlikka körsatişi rejalaştirilgan asosiy nomzodi hisoblanadi.

Bundan taşqari, «Adolat»da partiya a'zolari bölgan – Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov nomzodi ham bor.
















