O‘zbekiston | 08:41 / 14.03.2020
18287
2 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘on ma'lumotlar tarqatganlik uchun jarima joriy etilishi mumkin

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritiladi

Foto: KUN.UZ

“O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 1892-modda bilan to‘ldiriladi:

“189-2-modda. Yolg‘on ma'lumotlar tarqatish

Ommaviy axborot vositalarida, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, mulkka xavf tug‘diruvchi, jamoat tartibini ommaviy buzishga va (yoki) jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarning normal faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi ishonchli xabarlar niqobi ostida ijtimoiy ahamiyatga ega haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarni bila turib tarqatish - ma'muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblangan vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Mavzuga oid