Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning Rossiya va Janubiy Koreya tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda – Sherzod Asadov
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin oylar ichida Rossiya va Janubiy Koreya tashrifini amalga oshiradi. Keyingi haftada O‘zbekistonga YeXHT raisi keladi, shuningdek, Pokiston bosh vaziri bilan videomuloqot o‘tkaziladi.
Bugun, 9 aprel kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov va ommaviy axborot vositalari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Tadbirda davlat rahbarining bir hafta davomidagi faoliyatiga oid ma'lumotlar va kelgusi rejalar e'lon qilindi.
Rossiya va Janubiy Koreyaga safarga tayyorgarlik
Bu hafta tadbirlarga boy bo‘ldi. Davlatimiz rahbari xorijiy delegatsiyalarni qabul qildi, muhim yig‘ilishlar o‘tkazdi.
5 aprel kuni Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Eron – bizning an'anaviy sherigimiz, katta iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega davlat. Keyingi yillarda ikki tomonlama aloqalar faollashdi. 2019 yildan Eron uchun soddalashtirilgan viza tizimi joriy qilindi.
Uchrashuvda 2020 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo 250 million dollarni tashkil etgani, qo‘shma korxonalar soni 3 barobar ortgani, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika kabi sohalarda umumiy qiymati 61 million dollarlik qator yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.
Xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Vazir Zarif 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishini tasdiqladi.
5 aprel kuni prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Toshkentda ilk bor «Innoprom» yirik sanoat haftaligi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazmada mamlakatimiz korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar rossiyalik ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Joriy yilda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib prezidentimizning Rossiyaga rasmiy tashrifini tashkil etish rejalashtirilayotgani, bo‘lajak muzokaralarga tomonlar puxta tayyorgarlik ko‘rayotgani qayd etildi.
6 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Koreya Respublikasi parlamentining Milliy Assambleya Spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegatsiya bilan muloqotda mamlakatlarimiz ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda qat'iy ekanliklari ta'kidlandi.
Janubiy Koreya parlamenti nufuzli delegatsiyasining tashrifi O‘zbekiston prezidentining ushbu mamlakatga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishning bosqichlaridan biri bo‘ldi, deb aytish mumkin.
Videoselektor
Kecha [8 aprel kuni] Prezident raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlik masalalari bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, yig‘ilish juda jiddiy, tanqidiy bo‘ldi. Qo‘yilgan vazifalarni uddalay olmagan ko‘plab rahbarlar lavozimidan ozod etildi, ayrimlariga hayfsan berildi.
Prezidentimiz tadbirkorlikka va umuman islohotlar dasturini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan rahbarlarni xiyonatchi deb atab, bundaylarga nisbatan murosa bo‘lmasligini, qonun ustuvor, jazo muqarrar ekanini ta'kidladi.
Kelgusi haftadagi muhim tadbirlar
13-14 aprel kunlari mamlakatimizga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Lindening tashrif buyurishi kutilmoqda.
Shuningdek, kelayotgan haftada O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti mo‘ljallangan.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 123 million dollardan oshgan. O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.
Mavzuga oid
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
22:02 / 20.11.2025
Sherzod Asadov Euronews direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025