«Vagner» safiga yollangan o‘zbekistonlikka Toshkentda hukm o‘qildi
U Rossiyada giyohvand moddalar savdosi uchun qamalganidan so‘ng rossiyalik harbiylar taklifi bilan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi safiga yollangan. U Ohangaron tuman sudida Ukraina hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etmagani va faqat istehkomlar qurilishida ishtirok etganini aytgan.
2019 ĭil dekabr oyida ishlash maqsadida Rossiyaga borgan Shavkat Yo‘ldoshev Moskva shahridaligida giyëhvandlik vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qŭlga olinadi.
2021 yil sentabrida Kaluga oblasti Obninsk shahar sudi tomonidan RF Jinoyat kodeksining 228-1-moddasi 4-qismi «a, g» bandlari bilan aĭbli deb topilib, 7 ĭil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.
Sh.Yo‘ldoshev jazoni ŭtash davrida, Rossiya harbiĭlari taklifiga kŭra, 2022 ĭil oktyabrdan 2023 ĭil 22 aprelga qadar «Vagner» xususiĭ shirkatida 6 oĭ xizmat qilib, bu xizmati evaziga jazoning ŭtalmaĭ qolgan qismidan ozod qilingan va 950 ming rubl miqdorida pul mukofoti hamda RFning «Za otvagu» kŭkrak nishoni bilan taqdirlangan.
U Rossiya fuqaroligini ololmagach, 2023 ĭil avgust oyida Ŭzbekistonga qaĭtib kelganida tergovga tortiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudining shu yil 30 maydagi hukmi bilan, Sh.Yo‘ldoshev Ŭzbekiston Respublikasi JK 154-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aĭbli deb topiladi va 2 ĭil 6 oĭ muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi taĭinlanadi.
Sudlanuvchi sudda bergan ko‘rsatmalarida Ukrainaning Luhansk oblasti hududida bo‘lib, harbiy istehkomlar (blindaj) qurishda ishtirok etgani, «Vagner» tashkilotining harbiĭ harakatlarida ishtirok etmaganini aytgan.
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024