Jahon | 06:22 / 13.10.2016
7344
2 daqiqa o‘qiladi

Tunis rahbari: Suriya muammosi Asadda emas, balki bir davlat yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligida

Suriya muammosi uning prezidenti Bashar Asad shaxsida emas, balki ma'lum muddatdan keyin Suriya dunyoning siyosiy xaritasidan yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligida. Bunday fikrni Tunis prezidenti Baji Kaid as-Sabsiy bildirdi, deb xabar bermoqda "Al-Quddus al-Arabiy" nashri.

"Suriya muammosi uning prezidenti Bashar Asadda emas, balki ma'lum muddatdan keyin Suriya davlat sifatida umuman bo‘lmasligi mumkinligida", deb hisoblamoqda Tunis rahbari. Uning aytishicha, Suriyaga "urush boshlanguncha bo‘lgan avvalgi holatiga qaytish uchun 50 yil talab qilinadi". "Xuddi shu holat Iroq bilan ham yuz berdi", deb qo‘shimcha qildi as-Sabsiy.

As-Sabsiy arab davlatlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish jarayonidan deyarli istisno qilinganlari yuzasidan afsuslanish bildirdi. "Arab davlatlari Suriya muammosi bo‘yicha xalqaro munozaraga qo‘shilmagan va Suriyadagi ichki vaziyatni nazorat qilmaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Tunis prezidenti.

As-Sabsiy shuningdek Arab davlatlari ligasi (ADL) tashkilotining hozirgi holati va kelajagi borasida fikr bildirdi. "ADL tugadi va undagi istalgan o‘zgarish uchun 1-2 yil emas, o‘nlab yillar talab qilinadi", deb aytdi As-Sabsiy.

Mavzuga oid