Jahon | 16:55 / 22.03.2018
23453
1 daqiqa o‘qiladi

Nadejda Savchenko Radada qo‘lga olindi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina Oliy radasi deputat Nadejda Savchenkoni javobgarlikka tortish, qo‘lga olish va hibs qilishga rozilik berdi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar qilmoqda.

RIA «Novosti» xabariga ko‘ra, Nadejda Savchenko mamlakat parlamenti binosida qo‘lga olindi. 

Parlament Savchenkodan deputatlik daxlsizligini olib qo‘yish bo‘yicha taklifga rozi bo‘lgan.

Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 291 deputat «ha» deb ovoz berdi. Savchenkoni qo‘lga olishga 277 deputat rozi bo‘lgan bo‘lsa, hibs qilish uchun – 268.

Ayni damda mamlakat parlamenti binosi oldida ikkita miting bo‘lib o‘tmoqda - deputat tarafdorlari va raqiblari ishtirokida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoning ko‘zlaridagi qo‘rquv haqida aytib bergandi.

Mavzuga oid