Manba: Jizzax viloyati hokimi ishdan olingan
U 2017 yil oktyabridan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ergash Alibekovich Soliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Ayni vaqtda viloyat hokimligida yig‘ilish o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Unda tashkiliy masala ko‘riladi va viloyatga yangi hokim tayinlanadi.
Ergash Soliyev 2000–2012 yillarda Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi bo‘lgan. 2012 yilda Jizzax davlat politexnika instituti rektori sifatida ish boshlagan.
2016 yildan 2017 yilgacha Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi lavozimida ishlagan, 2017 yilda Ulug‘bek Uzoqov o‘rniga Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangandi va shu vaqtgacha bu lavozimda qolayotgandi.
Mavzuga oid
16:45
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:31 / 10.11.2024
2024 yilda Jizzax viloyatida bolalar ishtirokida 59 ta YTH sodir bo‘ldi
09:56 / 24.09.2024