Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida hokimlik boş mutaxassisi fuqaroning yaşaş xonadoniga tutaş davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanişlari orqali auksion savdosida yutib, uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 20 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Şuningdek, DXXning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Xöjayli tumani hokimligi boş mutaxassisi hamda tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boş mutaxassisi özaro til biriktirib, mahalliy fermer xöjaligi rahbari noqonuniy ravişda sotmoqçi bölgan 41,6 gektar yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarmasdan va auksion savdolariga çiqarmasdan tadbirkor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida uşlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












