Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Unashtirilgan qizi sha'niga dog‘ tushirgan shaxsni otgan yigit qo‘lga olindi
Shu yilning 27 iyul kunida Samarqand viloyati, Jomboy tumani «Olmazor» mahallasida yashovchi A.N ov qurolidan otilgan o‘qdan jarohat olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Jomboy tumani IIB navbatchilik qismiga 27 iyul kuni soat taxminan 23:00da kelib tushgan murojaatda shu kuni soat taxminan 20:00 atrofida Jomboy tumanida yashovchi A.N «Olmazor» mahallasi hududida joylashgan «Zarafshon qo‘riqxonasi» hududida yo‘qolgan molini izlab yurgan vaqtida noma'lum shaxs tomonidan otilgan o‘qdan jarohatlanib, tuman markaziy shifoxonasiga joylashtirilgani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atib, tergov harakatlari boshlagan.
Mazkur qottillik jinoyatiga suiqasd qilish jinoyati bo‘yicha jalb qilingan viloyat IIB JQB va tuman IIB xodimlari hamda prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyat 1992 yilda tug‘ilgan, Jomboy tumani, «Olmazor» mahallasi, «Yerteshar» qishlog‘ida yashovchi M. A tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Gumondorning ko‘rsatmalaridan ma'lum bo‘lishicha, u o‘z jabrlanuvchisi A.N qishlog‘i yonidagi «Zarafshon qo‘riqxonasi»ga kirib ketganini ko‘rib, 2018 yil 27 iyul kuni soat taxminan 20:00 larda ularning o‘rtasidagi bo‘lgan nizo, ya'ni A.M. unashtirilgan qizini nomiga dog‘ tushiruvchi gaplarni aytganligi sababli A.N.dan o‘ch olishni maqsad qilgan.
U uyida hech bir qonuniy hujjatlarsiz saqlanayotgan ov miltig‘ini olib, yonida bo‘lgan A.H. bilan birga jabrlanuvchini qo‘riqxonadan chiqishini kutgan. Oradan taxminan 10-15 daqiqa o‘tgach, jabrlanuvchi A.N. qo‘riqxonadan mahallasiga osma sim ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtida A.M. qo‘lida bo‘lgan ov quroli bilan A.N.ga o‘q uzib, tan jarohati yetkazgangan.
2018 yil 2 avgust kuni gumonlanuvchi A.M.ning ko‘rsatmalari voqea joyida tekshirilganda, «Zarafshon qo‘riqxonasi»da butalar orasidan ov miltig‘i, gilzasi hamda gumondorlar jinoyat sodir etgan vaqt davomida egnida bo‘lgan kiyimlari «Mirzaariq» kanali yoqasidagi malina o‘simligi orasidan daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.M. O‘zR JKning 25-, 97-moddasi 1-qismi va 248-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda himoyachi ishtirokida gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
19:10 / 09.04.2026