Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi zaharlanish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ommaviy zaharlanish Piskent va Bo‘kadan tashqari, Quyi Chirchiq tumanida ham ro‘y bergan. Bolalarda harorat ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatilgan. Toshkent viloyati IIBB tergov boshladi. Holatni bolalar ombudsmani kuzatib bormoqda. Jabrlangan bolalar soniga hech qaysi idora aniqlik kiritmayapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr
Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka va Quyi Chirchiq tumanlaridagi qator bog‘chalarda bolalar zaharlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24 sentabr kuni Piskent, Bo‘ka va Quyi Chirchiq tumanlaridagi davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilari tuman tibbiyot birlashmalariga tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi va ich ketishi bilan murojaat qilgan.
Bemor bolalarga zaruriy muolajalar amalga oshirilgan, shu kunning o‘zida ularning aksariyatiga sog‘lig‘i yaxshilangani tufayli uylariga javob berilgan, og‘ir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Hozirda bog‘chalarning oshxonalari ko‘zdan kechirilib, bolalar sutkalik iste’mol qilgan taomlardan olingan namunalar laboratoriyalarda tekshirilmoqda.
Holat yuzasidan 25 sentabr kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabarida zaharlanish Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bog‘chalarda kuzatilgani aytilgandi. Vazirlikka ko‘ra, zaharlanishga Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgan kefir sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Holat aynan nechta bog‘chada kuzatilgani va qancha bola jabrlangani haqida IIBB ham, vazirlik ham, bolalar ombudsmani ham aniqlik kiritmayapti.
Mavzuga oid
16:50 / 04.12.2025
Dell asoschisi amerikalik bolalarga boshlang‘ich investitsiya uchun 6 mlrd dollar pul tarqatadi
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
16:18 / 02.12.2025
Xizmat yo‘q, lekin to‘lov bor: 5 ta chiqindi tashish korxonasining qonunbuzarligi aniqlandi
19:08 / 26.11.2025