Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrobank reytingi yangi pog‘onada
“Moodys” xalqaro reyting agentligi “Agrobank”ning milliy valutadagi uzoq muddatli depozitlar bo‘yicha reytingini V2 dan B1 darajasigacha ko‘tarib, istiqboli “BARQAROR” deya baholadi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, bankda amalda bo‘lgan milliy va xorijiy valutadagi omonatlar soni 15 tani tashkil etib, ularga aholidan qariyb 1 trillion so‘m, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan esa milliy va xorijiy valutada 214 milliard so‘mdan ziyod bo‘sh pul mablag‘lari jalb qilingan.
Bugungi kunda bank tomonidan aholi va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan islohotlar natijasida ko‘plab interfaol hamda innovatsion xizmat turlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ana shu maqsadda yaqinda moliya muassasasi poytaxtimizda qo‘shimcha 6 ta yangi mini-bankini ishga tushirdi.
Mazkur yangi mini-banklarda kreditlarni rasmiylashtirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, valuta ayirboshlash, kommunal to‘lovlarni qabul qilish hamda plastik kartalar bilan amaliyotlar to‘liq bajarilmoqda. Qayd etish joizki, respublikamiz bo‘ylab 200 dan ortiq ana shunday mini-banklar aholiga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 14.12.2025
Agrobankning AI500! HAKATON musobaqasi
17:00 / 10.09.2025
«Agrobank»da kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
20:01 / 29.08.2025
Sho‘rlangan yerlarda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanishi mumkin
18:43 / 14.06.2025