Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva «Moody’s» xalqaro reyting agentligi tomonidan Özbekistonning kredit reytingi böyiça prognozni oşirganini yuqori baholadi.
«Moody’s» xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingi böyiça prognozini «barqaror»dan «ijobiy»ga özgartirganini ma’lum qilişdan xursandman. Bu prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar dasturiga berilgan ijobiy baho, şuningdek, tanlangan yöl töğriligining tasdiği böldi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlaşiça, bugungi kunda Özbekiston xorijiy investorlar tomonidan global beqarorlik şaroitida ham barqaror ösişga qodirligini namoyon etayotgan işonçli hamkor sifatida qabul qilinmoqda. Bu sa’y-harakatlarning barçasi IV Toşkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli ötkazilganida öz aksini topdi.
«Prognozning yaxşilanişi 2030 yilga borib Özbekistonning kredit reytingini işonçli investitsion darajaga kötariş böyiça qöyilgan maqsad sari birinçi qadamdir. Şu bilan birga, közlangan maqsadga faqat umumiy sa’y-harakatlar bilangina, iqtisodiyotimizning raqobatbardoşligini oşiriş va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qoliş orqali erişiş mumkinligini anglaş muhim», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.













