Qo‘qonda mashina yukxonasiga solingan bola bo‘yicha ma’lumot berildi
Farg‘ona viloyatida bola o‘g‘rilari aniqlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB bu xabarlar asossiz ekanini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bola mashina yukxonasiga solingani aks etgan video tarqaldi. Mazkur video bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
14 may kuni Qo‘qon shahar Obodyurt ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan bola M.M. ushbu mahallada turar joyga ega bo‘lgan qo‘shnisi M.A.ga tegishli uyning devor va oynasiga tosh otib sindirgan. Buni ko‘rgan M.A. bolani qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘ziga tegishli Nexia-2 yukxonasiga solib avtomashinani harakatlantirgan.
Shu paytda bolaning onasi B.T. ko‘chaga chiqib, mashinani to‘xtatib, farzandini mashinadan tushirib olgan hamda o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborish chorasi ko‘rilgan.
“Fuqarolardan vahima va sarosimaga tushmasliklarini hamda ishonchsiz, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi IIB xabarida.
Mavzuga oid
11:33
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari joriy etilmoqda
10:53 / 16.11.2024
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
08:10 / 26.10.2024