Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi
“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksi qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Foto: Kun.uz
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga sud hukmi o‘qildi.
Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
53 yoshli Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ayblanayotgan edi:
- 104-modda 3-qism “g” bandi (uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 109-modda 2-qismi (sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish / bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 138-modda 1-qismi (birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish / BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 228-modda 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 242-modda 1-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat / 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish / 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 276-modda 2-qismi “a” va “b” bandlari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish / 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 277-modda 2-qismi “b” va “v” bandlari (bezorilik / 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WP: Zelenskiy va Trampning kelishuvi Rossiya elitasini cho‘chitib yubordi
Jahon | 12:13
-
O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi
O‘zbekiston | 12:12
-
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
O‘zbekiston | 11:43
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
Mavzuga oid

10:54 / 29.04.2025
BMT sudi Isroilning G‘azodagi embargosi bo‘yicha eshituvlarni boshladi

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025