Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent – Ribache – Toshkent» yo‘nalishi chiptalariga chegirmalar joriy etildi
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari axborot xizmati
455-sonli «Toshkent – Ribache – Toshkent» xalqaro poyezdining muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan edi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur yo‘nalish bo‘ylab 2018 yilning 22 martidan boshlab chiptalarga chegirmalar berish joriy etildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar bermoqda.
Kupe va lyuks vagonlari uchun:
– Chiptalar poyezd jo‘nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa, 45%;
– Chiptalar poyezd jo‘nashidan 30- 6 kun avval xarid qilinsa, 35%.
Platskart vagonlari uchun:
– Chiptalar poyezd jo‘nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa, 35%;
– Chiptalar poyezd jo‘nashidan 30-6 kun avval xarid qilinsa, 25%.
Agar yo‘l chiptalari bitta mamlakat tasarrufida yurish uchun olinadigan bo‘lsa, ushbu chegirmalar joriy etilmaydi.
Mavzuga oid
10:20
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
09:05 / 21.01.2026