Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshga doir pensiya qanday tayinlanadi?
Foto: KUN.UZ
SAVOL: Yoshim 59 da. Hech qayerda ishlamaganman. 7 nafar farzandim bor. Yoshga doir qarilik pensiyasi haqida eshitdim. Men ham shu pensiya olishim mumkinmi? (Aslida, yoshligimda 1 yil bolalar bog‘chadasida tarbiyachi bo‘lib ishlaganman, lekin hech qanday hujjatim yo‘q)
Ma'mura Qodirova
JAVOB: Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan yetarli mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi.
Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq, yoshga doir nafaqa: ish stajiga ega bo‘lmagan; 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa esa: erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida; ayollarga — 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza ariza beruvchining yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Savollarga huquqshunos Mirzohid Shoqalamov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
09:12 / 10.01.2026
Homiladorlik nafaqasi bo‘yicha yangi tartib: rasmiy munosabat e’lon qilindi
15:29 / 27.12.2025
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
13:13 / 03.11.2025
Pensiya va nafaqalar 1–5 noyabrda kartalarga tushadi
20:04 / 29.10.2025