Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
2 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda mamlakatning taniqli shaxslari Xorazm ahlini konstitutsiya islohotlarida faol bo‘lishga chaqirdi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonanda Jahongir Poziljonov hamda 2 mingdan ortiq faol yoshlar ishtirok etdi.

Bayram konsert dasturi formatida o‘tkazilgan tadbirda san’atkorlar, xorazmlik taniqli shaxslar chiqish qilib, viloyat aholisini shu yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol bo‘lishga va ishtirok etishga chaqirishdi.


Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:47 / 24.02.2026
Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
23:12 / 14.01.2026