O‘zbekiston | 12:54 / 17.05.2023
5569
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazidagi bir qator ko‘chalar yugurish musobaqasi sababli vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 21 may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. 

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi

20 may kuni soat 10:00 dan 21 may kuni soat 11:00 gacha:

- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

21 may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:

- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;

-  Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Mavzuga oid