Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlashi kutilmoqda
2019 yilning 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mahalliy ommaviy axborot vositalari rahbarlari va vakillari bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, vazir jurnalistlarga 2019 yil 19-20 fevral kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyoda o‘zaro uyg‘unlik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini so‘zlashi kutilmoqda.
Konferensiya davlat rahbari tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
Konferensiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumga Afg‘oniston, AQSh,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan bo‘lib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta'lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Tadbirda Yevropa ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026