O‘zbekiston | 14:12 / 03.02.2017
20816
5 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Mehnat Tashkiloti: O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yildi

Foto: O‘zA

Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) aytishiga qaraganda O‘zbekiston hukumati paxta sanoatida majburiy mehnatdan foydalanish xavfini bartaraf qilish bo‘yicha islohotlarida ijobiy o‘zgarishlarga erishmoqda. O‘zining 2016 yil paxta terimi mavsumini mustaqil monitoringidan keyin bugun chop etilgan hisobotida, XMT bugungi kunda uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanish ijtimoiy jihatdan noma'qul holat va bu amaliyot bosqichma-bosqich tugatildi, degan xulosaga keldi.

“Bolalar mehnatidan foydalanishning noma'qulligini jamiyatning barcha qatlamlari: hukumat, o‘qituvchilar, mutaxassislar, fermerlar, ota-onalar va bolalarning o‘zlari e'tirof etmoqda. O‘zbekiston uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanishni bosqichma-bosqich bartaraf qildi.” XMT Hisoboti

XMT hisobotida ta'kidlanishicha, O‘zbekiston yillik keng ko‘lamli paxta yig‘im-terimi muhitiga ta'sir ko‘rsatayotgan majburiy mehnatdan foydalanish xavfini kamaytirish uchun chora-tadbirlar rejalarini tadbiq yetishda davom etmoqda. Hisobot 2016 yil sentabr-oktabr yig‘im-terim mavsumida o‘z ichiga 800 dan ziyod banner, 44 ming reklama afisha, 100 ming broshyura, televideniye, radio va matn xabarlarni olgan mamlakat miqyosidagi kommunikatsiya kampaniyasi tufayli jamoatchilikning ta'qiqlangan mehnat amaliyotlaridan xabardorligi yanada oshganligiga ham e'tibor qaratadi.

“Mehnat amaliyotlarini takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va zamonaviylashtirish uzoq muddatli jarayon hisoblanadi va biz O‘zbekistonga qishloq xo‘jalagini odamlarga sifatli ish o‘rinlari taklif qiladigan yuqori daromadli va muhim o‘sish manbaiga aylantirishda yordam berishga sodiqligimizcha qolamiz,” dedi Lilia Burunciuc, Jahon Bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori.

O‘zbekistondagi Jahon Banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar mehnat amaliyotlarini yaxshilash, mexanizatsiyalashtirishni kuchaytirish va kam mehnat talab qiladigan va ko‘proq daromad beradigan ekin turlarini yetishtirib qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalashtirish orqali mamlakatga paxta yetishtirishdan boshqa sohalarga o‘tish va majburiy mehnatdan foydalanish xavfini kamaytirishda ko‘maklashishga qaratilgan.

XMT hukumatning O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni bartaraf qilish bo‘yicha majburiyatlari va chora-tadbirlarinining tadbiq etilishini monitoring qildi va “Jahon Banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarda hech qanday bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish holatlari aniqlanmaganligini” ma'lum qildi.

XMT hisobotida ta'kidlanishicha, ayrim toifadagi kishilar, xususan talabalar, ta'lim va tibbiyot muassasalari xodimlari hamda davlat tashkilotlari xodimlari uchun majburiy mehnatdan foydalanish holatlari xavfi saqlanib qolmoqda. Monitoring, xususan, kattalar orasida majburiy mehnatdan foydalanish xavfini bartaraf qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak degan xulosaga keldi va bu kabi xavf borligini O‘zbekiston hukumati e'tirof etganini ta'kidladi. Hukumat nomaqbul mehnat amaliyotlari bo‘lishi xavfini kamaytirish uchun tegishli strategiyalarga o‘zgartirishlar kiritib ularni takomillashtirishda davom etmoqda.

Uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanish amalda tugatilgan bo‘lsada, Jahon Banki va XMT mamlakatda bolalar mehnatidan foydalanish, ayniqsa 16-17 yoshdagi talabalar o‘rtasida, holatlarini oldini olish chora-tadbirlarining doimiy amal qilishini ta'minlash uchun hushyorlik darajasini oshirishni tavsiya qilishadi.

XMT Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Mehnat vazirligi tomonidan tashkil qilingan davlat miqyosidagi qayta aloqa va murojaatlar mexanizmining ishlashida ijobiy o‘zgarish borligini ham ta'kidladi. Mazkur mexanizmlar fuqarolarga mamlakatdagi mehnat amaliyotlari borasidagi xavotirlarini yetkazish imkonini beradigan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish markazlarini o‘z ichiga oladi. Bu ijobiy o‘zgarishlar muloqot markazlariga murojaat qilgan fuqarolar uchun apellyatsiya jarayonini o‘z ichiga oladi.

“O‘tgan yildan buyon amalga oshirilgan islohotlar jahondagi ayrim eng yaxshi amaliyot tamoyillarini mexanizmlarda mujassamlashtirdi. Samaradorlik odamlarning qayta aloqa va murojaatlar mexanizmlaridan foydalanishda va o‘zlarining tegishli rollari borasidagi ishonchini yanada oshirishni talab qiladi..” XMT Hisoboti.

Oxirgi yig‘im-terim mavsumidan keyin XMT va Jahon Banki O‘zbekistondagi hamkorliklarini yana ikki yilga uzaytirishga kelishib olishdi.

Mavzuga oid