Farğona viloyati, Buvayda tumanidagi 37-son umumta’lim maktabi direktori Hasanboy Nişonov lavozimiga tiklandi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi. Avvalroq, u dam oliş kunlari öqituvçilarni navbatçilikka jalb qilgani uçun işdan olingan edi.

«Örganiş jarayonida Farğona viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan mehnat qonunçiligi talablari buzilgan holda maktab direktori lavozimidan ozod etilgani aniqlandi. Inspeksiya tomonidan berilgan yozma körsatmaga asosan, boşqarmaning 2026 yil 6 yanvardagi 1-k-sonli buyruği bekor qilindi», deyiladi xabarda.

37-son maktab direktori Hasanboy Nişonov 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 6 yanvargaça öqituvçilarni tunu-kun navbatçilikka jalb qilganidan keyin Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan işdan olingan edi.

Keyinçalik uşbu taşabbus Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligidan çiqqani, barça hududlar boşqarmalari, tuman va şaharlar bölimlariga şu haqda topşiriq berilgani ma’lum böldi.

Davlat mehnat inspeksiyasi holatni örganib, Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan mehnat qonunçiligi talablari buzilgan holda maktab direktori lavozimidan ozod etilgani aniqlandi.