O‘zbekiston | 19:03 / 31.05.2018
8204
2 daqiqa o‘qiladi

​Xorijdan kelgan mehmon endi bir oyga bepul propiska qilinadi

Foto: KUN.UZ

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslari endilikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kirish-vizasini (taklifnoma) 1 oyga rasmiylashtirish yoxud uning muddatini uzaytirish bilan bog‘liq vaqtincha propiska qo‘yishda boj to‘lovidan ozod etilmoqda. Bu haqda joriy yil 29 may kuni imzolangan "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorida shunday deyiladi. 

Ma'lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida"gi 1993 yil 19 avgustdagi qaroriga 2-ilovaning IX-bo‘limi matniga tegishli o‘zgartirish kiritildi. 

Eski tahrirdagi matnda ushbu bo‘limda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun vaqtincha propiskaga qo‘yish to‘lovi 1 oy uchun 20 dollar etib belgilangandi. Shuningdek, MDH a'zo davlatlari fuqarolari, sobiq Sovet pasportiga ega, ammo fuqaroligi aniqlanmagan shaxslarning O‘zbekistonda vaqtincha propiska qilinishiga doir to‘lovlarga ham o‘zgartirish kiritildi. Ya'ni, 1 oy muddatga bepul, 1 oydan 6 oygacha 5 dollar, yarim yildan ko‘p muddatga hujjat rasmiylashtirishda 10 dollar to‘lanishi qayd etib o‘tilgan.

Mavzuga oid