Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslari endilikda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan kiriş-vizasini (taklifnoma) 1 oyga rasmiylaştiriş yoxud uning muddatini uzaytiriş bilan boğliq vaqtinça propiska qöyişda boj tölovidan ozod etilmoqda. Bu haqda joriy yil 29 may kuni imzolangan "Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qarorida şunday deyiladi. 

Ma'lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yiğimlar hamda soliq bölmagan boşqa tölovlar stavkalari töğrisida"gi 1993 yil 19 avgustdagi qaroriga 2-ilovaning IX-bölimi matniga tegişli özgartiriş kiritildi. 

Eski tahrirdagi matnda uşbu bölimda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun vaqtinça propiskaga qöyiş tölovi 1 oy uçun 20 dollar etib belgilangandi. Şuningdek, MDH a'zo davlatlari fuqarolari, sobiq Sovet pasportiga ega, ammo fuqaroligi aniqlanmagan şaxslarning Özbekistonda vaqtinça propiska qilinişiga doir tölovlarga ham özgartiriş kiritildi. Ya'ni, 1 oy muddatga bepul, 1 oydan 6 oygaça 5 dollar, yarim yildan köp muddatga hujjat rasmiylaştirişda 10 dollar tölanişi qayd etib ötilgan.