Jahon | 23:54 / 28.09.2025
14619
2 daqiqa o‘qiladi

Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qilishdi

Osiyo boks konfederatsiyasi 2024 yilda To‘lqin Qilichevni Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilgan. 

Taniqli bokschilar Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qilishdi.

Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan videoga ko‘ra, bokschilar O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan To‘lqin Qilichevga “Mersedes” avtomobilini sovg‘a qilishgan.

To‘lqin Qilichev 2022 yil avgustida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 

2023 yilda o‘tkazilgan jahon chempionati va 2024 yilda o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston boks jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan. 

Shuningdek, 2024 yilda Parijda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon rekordini o‘rnatishgan.

Osiyo boks konfederatsiyasi 2024 yilda To‘lqin Qilichevni Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilgan

U Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Qudratillo Abduqahhorov, Sanjar Tursunov va boshqa ko‘plab taniqli bokschilarning ustozi hisoblanadi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid