Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:15 / 19.01.2024
15438
3 daqiqa o‘qiladi
Baxmut atrofidagi pozitsiyalar va Moskvada to‘r to‘qiyotgan bolalar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 694-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi Vesele qishlog‘i egallangani haqida ma’lum qildi. Ukraina hozircha bu bayonot yuzasidan izoh bermagan.
- NATO sovuq urush davridan buyon 90 mingga yaqin harbiy ishtirokidagi eng yirik mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
- Ayblovchi tomon Igor Strelkov (Girkin) uchun to‘rt yil-u 11 oylik qamoq jazosi so‘radi.
- Estoniya hukumati Moskva patriarxati Estoniya pravoslav cherkovi rahbarining yashash ruxsatnomasi muddatini uzaytirmaslikka qaror qildi. U mamlakatni tark etishiga to‘g‘ri keladi.
- Vologodskaya oblastida huquq faoli Grigoriy Vinter Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatgani uchun uch yilga qamaldi. U diabet kasalligi tufayli endi ozodlikka chiqa olmasligidan xavotirlanmoqda. Hukm o‘qilishidan oldinroq Vinter Vladimir Putinga murojaat yo‘llab, agar qamoq jazosi beriladigan bo‘lsa, unga ko‘ngilli ravishda evtanaziya qilishga ruxsat berilishini so‘ragandi.
- Yevroparlament Vengriyani Ukrainaga yordamni bloklagani uchun tanqid qildi va 30 milliard yevrolik yordamni to‘xtatib qo‘ymaslikka chaqirdi.
- RF mudofaa vazirligi ilk marta Leningrad oblasti osmonida dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Belgorod oblasti rahbari esa havo hujumidan mudofaa kuchlari 10 ta raketa urib tushirilgani haqida ma’lum qilgan.
Ukrainlarning Baxmut atrofidagi havo hujumidan mudofaa tizimi
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Vayron bo‘lgan Baxmut
«Rossiya» forumidagi master-klass
Kirill Kallinikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:19
Tramp Kiyevga yordamni to‘xtatish bilan tahdid qildi
20:56 / 31.03.2026
Rossiya Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqish uchun ikki oy muhlat berdi – Zelenskiy
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:18 / 28.03.2026