Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 noyabrdan benzin narxlari oshadi
Foto: TASS
Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan iste'mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari:
Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr;
Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr;
dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr;
EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr etib belgilandi.
2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:
aholi iste'moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
aholi iste'moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:
isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.
Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda:
bazaviy norma doirasida – belgilangan tarif bo‘yicha;
bazaviy normadan ortgan qismi uchun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektr energiyasi narxi 16 noyabrdan oshishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026