“O‘zbekenergo” AJ rasmiy saytida 2018 yilning 16 noyabridan boshlab elektr energiyasining oshiriladigan narxlari borasidagi ma'lumot e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to‘g‘risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan “O‘zbekenergo” AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma'lum qiladi.

Ma'lumotga ko‘ra, iste'molchilar uchun elektr energiyasi tariflari ikki bosqichda — 2018 yil 16 noyabrdan va 2019 yil 1 iyundan oshirishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu tariflar 1 kVt-soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to‘g‘risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgani haqida avval ham xabar bergan edik.

Mazkur qaror loyihasida aholi va korxonalar uchun tabiiy gazning narxi ham oshirilishi ko‘zda tutilgan edi.

Qaror loyihasida, shuningdek, avtobenzin va dizel yoqilg‘isi iste'mol uchun soliqni hisobga olgan holda, 2018 yil 16 noyabrdan boshlab quyidagi chakana narxlarni o‘rnatish haqida gap boradi: