UzAuto Motors yangilangan Captiva va Cadillac sotuvini boshlaydi, Lacetti ishlab chiqarish to‘xtatiladi
Kompaniya taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yildan Captiva va Cadillac importini boshlash ko‘zda tutilgan. Ishlab chiqarilishi to‘xtatilayotgan Nexia-3 va Spark o‘rniga boshqa budjet modellar sotuvi yo‘lga qo‘yilmaydi. Faqatgina 2026 yildan yangi Chevrolet modelini ishlab chiqarish boshlanishi belgilangan, biroq aynan qaysi model ekani noma’lum.

UzAuto Motors’ning sotuvga chiqarilayotgan aksiyalari anderrayteri hisoblangan Freedom Broker kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari haqidagi hisobotni e’lon qildi.
Hisobotda keltirilishicha, UzAuto Motors joriy yil oxiridan Nexia-3 va Spark , 2023 yilning oxiridan esa Lacetti-Gentra avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Shu tariqa, faqat avtomat uzatmali varianti 127 mln 145 ming so‘mdan sotilayotgan Cobalt «O‘zavto»ning eng arzon sedaniga aylanadi.
O‘z navbatida, 2024 yildan boshlab O‘zbekistonda ham Cobaltʼning yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. UzAuto Motors bu borada General Motors bilan muzokaralar boshlagan.
Kompaniya taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin yillar ichida Nexia-3 va Spark o‘rniga boshqa budjet modellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmaydi. Faqatgina 2026 yilga boribgina hozircha nomi noma’lum bo‘lgan yangi Chevrolet modelining sotuvlari boshlanishi mumkin.
Hisobotda keltirilishicha, joriy yilning oxiridan boshlab Trailblazer savdosi ham to‘xtatiladi. Kompaniya rejalarida 2023 yildan Captiva va Cadillac importini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, keyingi yilning oxiridan yangilangan Equinox, 2024 yil o‘rtalaridan esa yangilangan Traverse sotuvlari boshlanishi mumkin.
So‘nggi yangiliklar
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25
-
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 22:08
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

09:00 / 07.04.2025
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor

15:56 / 26.03.2025
Sirdaryoda stadionda odamlar ustiga haydalgan Captiva auksionda sotilib, puli davlat hisobiga o‘tkazildi

22:03 / 17.03.2025